TERI SALOMATLIGINI TA’MINLASHDA BIOLOGIK FAOL MODDALAR VA ANTIOKSIDANTLARNING AHAMIYATI | Dermatovenereology and aesthetic medicine

TERI SALOMATLIGINI TA’MINLASHDA BIOLOGIK FAOL MODDALAR VA ANTIOKSIDANTLARNING AHAMIYATI

Digital Object Identifier (DOI) https://doi.org/10.67620/dermajournal.1730124
Raximova Xilolaxon Rustamjonovna1 , Toirov Botirjon Abduqodir o‘g‘li2
Received Sep 26, 2026
Revised Oct 11, 2026
Published Oct 16, 2026

Abstract

Ushbu tezisda teri salomatligini saqlash va uning fiziologik holatini yaxshilashda biologik faol moddalar hamda antioksidantlarning ahamiyati yoritilgan. Teri organizmning tashqi muhit bilan bevosita aloqada bo‘lgan muhim a’zosi sifatida turli fizik, kimyoviy va biologik omillar ta’siriga uchraydi. Ayniqsa, oksidlovchi stress, ultrabinafsha nurlanish, noqulay ekologik sharoit va noto‘g‘ri ovqatlanish teri hujayralarida metabolik jarayonlarning buzilishiga olib kelishi mumkin. Antioksidantlarning erkin radikallarni neytrallashdagi roli, kollagen sintezi va terining himoya xususiyatlarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari tahlil qilingan. Shuningdek, o‘simliklardan olinadigan biologik faol birikmalarning dermatologiya va estetik tibbiyotdagi istiqbollari ko‘rib chiqilgan.

Keywords

—

How to Cite

APA style
Raximova Xilolaxon Rustamjonovna (2026). TERI SALOMATLIGINI TA’MINLASHDA BIOLOGIK FAOL MODDALAR VA ANTIOKSIDANTLARNING AHAMIYATI. *Dermatovenereology and aesthetic medicine*, 17(3), 188-189. https://doi.org/10.67620/dermajournal.1730124