Аннотация
Ushbu tezisda teri salomatligini saqlash va uning fiziologik holatini yaxshilashda biologik faol moddalar hamda antioksidantlarning ahamiyati yoritilgan. Teri organizmning tashqi muhit bilan bevosita aloqada bo‘lgan muhim a’zosi sifatida turli fizik, kimyoviy va biologik omillar ta’siriga uchraydi. Ayniqsa, oksidlovchi stress, ultrabinafsha nurlanish, noqulay ekologik sharoit va noto‘g‘ri ovqatlanish teri hujayralarida metabolik jarayonlarning buzilishiga olib kelishi mumkin. Antioksidantlarning erkin radikallarni neytrallashdagi roli, kollagen sintezi va terining himoya xususiyatlarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari tahlil qilingan. Shuningdek, o‘simliklardan olinadigan biologik faol birikmalarning dermatologiya va estetik tibbiyotdagi istiqbollari ko‘rib chiqilgan.
Ключевые слова
—